tarashla
bilan ulashing
1. Silliq, tekis qilib olmoq, qirmoq(soch, soqol, jun va shu kabilarni).
-
— Siz, — dedi Azmiddin, kalta, siyrak soqolini poʻrim tarashlagan Boʻronbekka qarab H. Gʻulom, Mashʼal
-
Oʻn olti yoshidan beri sokol oldiradigan sermoʻy Ochil hozir uch kunda bir yuzini tarashlardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Yoʻnib, qirib va boshqalar yoʻl bilan ishlov bermoq, silliqlamoq.
-
Inson koʻli bilan tarashlanganday sillik, toʻrtburchak xarsanglar bu yerda juda koʻp. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yigit oʻzidan uch-toʻrt qadamcha narida gʻisht tarashlab oʻtirgan keksa odamga oʻzga tilda bir nima dedi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. koʻchma Qirib-qirtishlab, butunlay yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq.
-
Nasibani allaqachon koʻnglimdan tarashlab tashlaganim uchun ham indamay qoʻya qolardim. O. Yoqubov, Tilla uzuk
TARASHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TARASHLA so‘ziga berilgan ma’nolar
tarashla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tarashla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing