qut
bilan ulashing
1. Boylik, baxt; baraka.
-
Chaqmoq chaqsin momaqaldiroq, Mayli koʻkni qopla-sin bulut, Shaloladay buluting oppoq, Yogʻdiradi seroblik va qut. Yu. Shomansur
-
— Ishimizga qut kiryapti — dedi Oʻktam. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Yuz (bet)ning rangi.
-
Endi xotinning rang-quti joyiga kelgan va basharasidan qoʻrqish alomati yoʻqolgan edi. S. Ayniy, Qullar
qut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quti uchmoq
-
Nazr-niyozlarning ham quti uchib, hassasiga tayangan eshon bilan birga yashashning qizigʻi ham qomadi. S. Ahmad, Hukm
Quti oʻchmoq
-
Xafaligim oshib, uyga quruq qaytdim. Mayda-chuyda kutib oʻtirgan bola-chaqaning quti oʻchdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
QUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar