quti
bilan ulashing
1. Qulf-kalitli kichkina sandiqcha.
-
Yoshlikdan boshlab kelinoyilarining sandiqlarini, qutilarini tintib oʻrgangan Nuri kaliti burnida unutilgan bir qutini ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Xat, gazeta, saylov byulleteni va shu kabilar tashlash uchun maxsus yasalgan yashikcha.
-
Saylov qutisi.
-
Xat tezda yetib borsin uchun, ertasiga shaharga borib, uni tezyurar poyezdning pochta qutisiga solib yuborishdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
3. Ichiga bir turdagi narsalar joylangan yoki joylanadigan har qanday idish, yashik yoki korobka va boshqalar
-
Gugurt quti. Papiros qutisi. Ikki quti koʻk choy.
-
— Akramga ikki quti konfet ber, — deb buyruq berardi Otaxon. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Pulemyot buzilmagan, hatto yangi lenta oʻtkazilgan, narida oʻq solinadigan ikkita metall quti ham turibdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Devorda yogʻoch telefon qutisi, burchakda esa telegraf apparati oldida bir qiz oʻtirardi. A. Muxtor, Opa-singillar
4. Yigirma gramm pilla qurti urugʻi solingan maxsus qogʻoz korobka va shu urugʻdan chiqqan ipak qurti.
-
Sattorqul bahorda qari-qartanglarni yigʻib: — Bekordan hamma bezor, hech boʻlmasa bir qutigina qurt tutmaysizlarmi? — dedi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
QUTI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quti so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar