qus
bilan ulashing
1. Meʼda ichidagi narsalarni gʻayriixtiyoriy ravishda ogʻizdan tashqariga chiqarib tashlamoq; qayt qilmoq.
-
Koʻnglim aynib, bir oz qusdim.
-
Oʻzbek oyim jom ushlagan, Kumush jomga oʻqchib qusar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻchma s.t. Olganini, oʻzlashtirganini qaytarmoq.
-
Qani, pulni qusib qoʻying
-
Yemoqning qusmogʻi boʻladi, domla. Bu dunyoning ishlarini juda ham joʻn bilmang. H. Gʻulom, Mashʼal
qus soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qon qusmoq
-
Kechasi bir ziyofatdan qaytib, [boy] laxta-laxta qon qusdi, azonga yaqin jon berdi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
[Saltonbu] Toʻqqiz bolani katta qilguncha qon yutib, qon qusgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Tuproq (nam) qusibdi
-
Har gektar yerda bir kecha-kunduz suv oqib, tuproq yuzasi qorayib, dehqon tili bilan aytganda, tuproq qusdi. M. Nazarov, Jilvon jilvalari
Qozon qusibdi
QUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar