qursha
bilan ulashing
1. Atroflab oʻrab olmoq, atrofi shaxs yoki narsa bilan band etilgan holatda boʻlmoq.
-
Maydonni qurshagan odamlar kurashni tomosha qilmoqda.
-
Mashina toʻxtashi bilan uning atrofini bola/gar qurshadi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Hamma Sulton amakini qurshab, Nima qilamiz, deb maslahat soʻrayapti. H. Nazir, Yonar daryo
2. Atrofini chiqib keta olmaydigan qilib toʻsmoq, tutqun holatga olmoq.
-
Dushman askarlarini qurshab olmoq.
-
Ertasiga oʻrmon ichida mast-alast boʻlib yurgan kallakesarlarni qurshab oladi va qirib tashlaydi. N. Safarov, Olovli izlar
3. koʻchma Chulgʻamoq, qamramoq.
-
Yamoqchi cholning vujudini qahr-gʻazab qurshab olgan, hayajonlanganidan qoʻli qaltirardi. N. Safarov, Olovli izlar
QURSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qursha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar