bodom
bilan ulashing
1. Atirgullilar oilasiga mansub, sermoy magʻzi isteʼmol qilinadigan daraxt.
-
Olmadan bodom boʻlmas, tagi past odam boʻlmas. Maqol
-
Bodom ming yillardan beri xalq tabobatida shifobaxsh boʻlgan oʻsimlik sifatida mashhur. M. Nabiyev, Bodom
2. Shu daraxtning mevasi (danagi).
-
Achchiq bodom. Bodom yogʻi. Odam — odam bilan, pista — bodom bilan. Maqol
-
Mehmonlarga pista, bodom, quruq mevalar juda moʻl-koʻl tortildi. Oybek, Navoiy
-
Jajji musht-chalariga bodommi, yongʻoqmi qisib olgan. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Abdishukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab oʻtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
bodom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bodom gulli
-
bodom gulli las koʻylagini lippasiga qistirib, roʻmoli boʻyniga tushib yotibdi. A. Muxtor, Kumush tola
Bodom (gulli) doʻppi
-
Men beqasam toʻn kiyib, boshimda bodom doʻppi, Sadagʻa boʻlib ketay gʻalaba qadamiga. Gʻ, Gʻulom
BODOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОДОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bodom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar