oziq
bilan ulashing
1. Ovqat boʻladigan mahsulot, ov-qatli don-dun; yemish.
-
Oziq mahsuloti. Bir kunlik yoʻlga chiqsang, bir haftalik oziq ol! Maqol
-
Yozning yozigʻi — qishning ozigʻi. Maqol
-
Yigitlardan biri dasturxon yozib, yoʻlga olgan oziqlarini oʻrtaga qoʻydi. A. Qahhor, Maston
-
Nima, oziq bittami, qozon osmadingiz! Oybek, Tanlangan asarlar
2. Hayvonlar ovqati, yem-xashak.
-
Hayvonlar uchun qishga oziq tayyorlamoq. Qurtlarga oziq bermoq.
3. Oʻsimliklar oʻsish jarayonida yerdan oladigan moddalar.
-
Oʻsimliklarga qoʻshimcha oziq berish. Ildiz oziq bersa, novda koʻkarar. Maqol
oziq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jon ozigʻi yoki jonga oziq
-
Yaxshi soʻz — jon ozigʻi, yomon soʻz — bosh qozigʻi. Maqol
-
Mayin esgan nasimi, ob-u havosi, Boʻlur jonga oziq zavq-u safosi. Habibiy
Maʼnaviy (yoki ruhiy)
-
Goʻzal adabiyot — ruhiy oziq. A. Qahhor, Sarob
Oziq tish
OZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar