holat
bilan ulashing
1. Yuzaga kelgan, mavjud boʻlgan vaziyat, ahvol.
-
Jangovar holat. Harbiy holat. Shahar qamal holatda.
-
Ishlayotgan odamlar uni [Olaxoʻjani] bu holatda koʻrib, juda hayron boʻlib, ishdan toʻxtab qoldilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hamma sergak tortdi, unga qulogʻini tutib jim qoldi. Bu holatdan foydalangan shayx soʻziga pardoz berib, davom etdi K. Yashin, Hamza
-
Sherali ham bu toʻqnashuvdan Toʻlgʻonoy bilan yolgʻiz qolgandagi holatga tushdi. S. Karomatov, Oltin qum
2. Jismoniy yoki ruhiy jihatdan boʻlgan ifoda, koʻrinish; qiyofa, avzo.
-
Asabiy holat. Kulgili holat. Ayanchli holat.
-
Men uning holatidan nimadir ichini kuydirayotganini bilib turardim. S. Ahmad, Yulduz
-
Uning majaqlanib, tanib boʻlmas holatga kelgan yuzini oq shohi bilan yopib qoʻydilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. sheva Kuch-quvvat, darmon, mador; qudrat.
-
Gʻozning bir oyogʻi singan, bir qanoti mayib boʻlgan, oʻq tegib holati ketib, shu yerga yiqilgan. Alpomish
-
Endi mendan holat ketdi, bek Shakar, Bu choʻllarda endi qoldim xor-u zor. Shirin bilan Shakar
holat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir holatda
-
Qandolat bibi bir holatda boʻlib choʻkib qolgan, rangi zaʼfaron R. Fayziy, Hazrati inson
-
Endi bukchayib qopti. Kiyimlari ham bir holatda. S. Ahmad, Ufq.
Jon holatda
HOLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
holat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar