holva
bilan ulashing
1. Un, shakar va yogʻdan, baʼzan kunjut, magʻiz qoʻshib tayyorlangan shirinlik, qandolat.
-
Pashmak holva.
-
Arava-arava un, guruch, qop-qop bodom, pista, kajavalarda holvalar, qirq-ellik katta-kichik yashikda har xil mevalar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aylanib, uyda qolgan jujuqlariga qand-qurs, holva, pufak olmoqchi boʻldi. N. Aminov, Qaltis xato
2. koʻchma Qiyos mazmunli gaplarda fikr yuritilayotgan narsa, ish, voqea-hodisaning boshqasiga (qiyoslanayotganiga) nisbatan yomon (hech gap) emasligi, undan durust, chidasa boʻladigan ekanligi kabi maʼnolarni bildiradi.
-
Hali bu-ku holva, qamoqxonadagi — yakka kameradagi yolgʻizlikdan xudoning oʻzi asrasin! N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
Mening gunohim oldida sizniki holva-ku Mushtum
-
Namangan viloyatiga oʻtdim. Fargʻonadagi mashmashalar holva ekan. Mushtum
-
Trassadagi shovqin-suron buning oldida holva ekan. J. Abdullaxonov, Toʻfon
holva soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suvdan holva yasamoq
-
Mamlakatdan chet el kapitalini sitib chiqarmasdan turib xalqni qattiq oyoqqa bostirish — suvdan holva yasayman, deyish bilan baravar. S. Akbariy, Sevgi bilan tirilgan yurak
Oʻgʻilmi, holva?
-
Hasanali ham iljayib, yonchiq kovlashga tutindi va: — Oʻgʻilmi, holva? — deb soʻradi xotinidan. — Oʻgʻil! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi
-
Darhaqiqat, holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi-da Xalq — omi bizning maʼrifat haqidagi gaplarimiz ularning qulogʻiga kirishiga uncha ishonmayman. K. Yashin, Hamza
HOLVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОЛВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
holva so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HOLVA so‘ziga berilgan ma’nolar
holva so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar