hokimiyat
bilan ulashing
1. Davlatni boshqarish huquqi; siyosiy hukmronlik; davlat organlarining huquq va vakolati.
-
Hokimiyatni qoʻlga olmoq. Ijro etuvchi hokimiyat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat.
-
Bu orada fevral inqilobi boʻlib, Nikolay podsho taxtdan agʻdarildi. Hokimiyat muvaqqat hukumat qoʻliga oʻtdi. K. Yashin, Hamza
-
Rayimbek dodxoh Azizbek hokimiyatining tiragi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Davlat boshqarmasi va uning organlari; hukumat.
-
Qoʻsh hokimiyat uzoq muddat davom etdi.
3. Boshqarish, buyruq berish va shu kabilar huquqi, imkoni.
-
Hokimiyat juda shirin narsa ekan. Sharq yulduzi
-
Odamning puch, sarasi hokimiyat qoʻliga tekkanda darrov ajraydi-qoladi. F. Musajonov, Himmat
HOKIMIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОКИМИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hokimiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar