boshliq
bilan ulashing
1. Idora, muassasa, tashkilot va shu kabilarga rahbarlik qiluvchi shaxs; rahbar.
-
Boshliq boʻlish oson, boshlamoq qiyin. Maqol
-
Boshliq oʻzini bu qadar yaqin olishidan Mansur Obidovich sal taltayib ketdi. F. Musajonov, Himmat
-
Boshliq buva, mingan oting qop-qora, Boshliq boʻlsang, hammalarga teng qara. Qoʻshiqlar
2. Umuman, boshchilik, rahbarlik qiluvchi; rahnamo.
-
Oila boshligi. Roʻzgʻor boshligʻi. Qabila boshligʻi.
-
Tabibiy boshliq shoiri zamonlar baʼzi kunlari toʻrt marotabagacha Tozaboqqa qatnardi. S. Siyoyev, Avaz
1. Baʼzi Sharq xalqlarining sovuq, qor-yomgʻir va oftobdan saqlanish uchun boshga kiyadigan jun yopinchigʻi.
2. Oyoq kiyimining yuzi va yonini qoplab turadigan qismi va shu qism uchun bichilgan teri.
-
Etikning boshligʻi yirtilibdi. Etikka yangi boshliq solmoq.
1. Yuganning yuqori (otning boshida turadigan) qismi.
2. Mokining ichida uning ikki qovurgʻasini birlashtirib turgan ikkita temir qism.
BOSHLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing