boshlovchi
bilan ulashing
1. Biror narsa, harakatni boshlab beruvchi yoki unga undovchi.
-
Erkak umrining qisqarishiga oiladagi janjal-suronlar, shu janjallarni boshlovchi ayollar ham sababchi boʻladi. Gazetadan
-
ichkilik kasofat ekanini, unga boshlovchi ulfatlar kulfat keltirishini Nosirjon tushunib yetsa, toʻgʻri yoʻlga tushib oladi. Gazetadan
2. Boshlab boruvchi, yetakchi.
-
Aql boshlovchi, tana ishlovchi. Maqol
-
Kumushbibi boshlovchi qizlar bilan uyga kirdi, undan taralgan atir islari bilan uy toʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boʻpti, yaxshi Sen oldinda borasan, boshlovchi boʻlib H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirish-larni olib boruvchi shaxs.
BOSHLOVCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШЛОВЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshlovchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar