boshpana
bilan ulashing
1. Turar joy; uy.
-
Oʻsha paytlarda, uysiz-joysiz, biror rahnamosiz yurgan kezlarimda orzu qilardimki, toki mening ham bir boshpanam boʻlsa. M. M. Doʻst, Lolazor
-
odamzod umr boʻyi boshimda bir yaxshiroq boshpanam boʻlsin deb, tinmay yelib-yuguradi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Har oila oʻchogʻin oʻz qutlugʻ tarixi bor, Har boshpana — kishilar mehnatin obidasi. Gʻ, Gʻulom
2. Jon saqlash, yashirinish yoki vaqtincha istiqomat qilish uchun yaroqli joy; panoh, maskan.
-
Onasi qamoqdan qutulib chiqqan oʻgʻlini kutib olmadi Unga boshpana kerak edi. Yoshlik
-
Xullas, boshpana boʻlgulik gʻor ham, boshqa biror oʻngir ham topilmadi. Yoshlik
-
Qishloqqa yetishdan umidimni uzdim. Boshpana istab, u yoq-bu yoqqa alangladim. Oʻ. Hoshimov, Koʻprik
boshpana soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshpana bermoq
-
Eʼzozxon oʻziga, bolalariga boshpana bergan bu mehribon kishilarga koʻmaklashish yoʻllarini axtarib koʻrdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shu kecha unga boshpana berib mehmon qildilar. S. Abdulla
Boshpana huquqi
BOSHPANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШПАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BOSHPANA so‘ziga berilgan ma’nolar
boshpana so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
boshpana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing