boshqa
bilan ulashing
1. Zikr qilingandan, aytilgandan, koʻrilgandan yoki koʻzda tutilgandan boʻlak; oʻzga.
-
Joni boshqaning tani boshqa. Maqol
-
Boshqaning tilla-gavharidan onangning sariq chaqasi yaxshi. Qanotli soʻzlar
-
Bizga bosh boʻlib turgan odam shunaqa deb oʻtirsa, boshqalardan nima oʻpkalaymiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Qiz koʻnmaydimi, demak, uning koʻngli boshqa birovda, — dedi Qadamboy ogʻa. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
uning qalbi goh-goh boshqa bir qiz yodi bilan toʻlib-toshar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Menga boshqa soʻzingiz boʻlmasa, sizga javob. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Mustaqil, alohida; biror xususiyati bilan farq qiladigan; boshqacha, oʻzgacha.
-
Oʻnta boʻlsa, oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa — qiligʻi. Maqol
-
Bilak — bir, barmoq — boshqa. Maqol
-
[Abdurahmonboy:] Taqsir, aslida koʻtar maliklarning eli boshqa, suvi boshqa boʻlgan. N. Safarov, Husnijamol
-
Bu haqda boshqa fikr boʻlmagan i uchun, maorifdan boshqa muallim soʻrashga qaror qilindi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Sen meni kim bilan tenglashtirmoqchisan?-Gulnor boshqa, men boshqa demoqchi Oybek, Tanlangan asarlar
-
— E, u vaqtlar, — dedi xoʻrsinib Rixsi xola, — boshqa edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
3. Begona, oʻzga, yot; birov.
-
Boshqalar oldida uyaltirib qoʻymoq.
-
— Pichoqni oʻzingga ur, ogʻrimasa — boshqaga, degan bir gap bor, — dedi jiddiy vaziyatda qutidor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. ravish Tagʻin, yana, qayta, takroran.
-
Keyin yotoqxonaga borguncha bu gapga boshqa qaytishmadi. Oʻ. Usmonov, Qismat
-
Qodir boshqa ichmaslik sharti bilan ikkinchi piyolaning yarmini ichishga rozi boʻldi. A. Qahhor, Asarlar
5. koʻm. vzf. (chiqish kelishigi soʻz bilan) Boʻlak, tashqari.
-
Bundan boshqa.
-
— Menga qolsa, oʻrtada shundan boshqa hech gap yoʻq, oʻgʻlim! — dedi [hoji]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
boshqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshqa boʻlmoq
-
Kichik oʻgʻli oʻylanib, boshqa boʻldi;
-
bu men bilgan, sinagan Fotima emas. Endi oʻzgarib, tamom boshqa boʻlib qolgan. P. Tursun, Oʻqituvchi
Boshqa gap
-
— Mana bu boshqa gap, — dedi mirshabboshi tirjayib Gazetadan
-
— Ha, bunday degin, — Mirzakarimboy gapni davom ettirdi, — bu endi boshqa gap. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Kucher ahli ham tiriklikda uyquga qonadimi, uka? Oʻlganda — boshqa gap, — deb javob berdi Joʻra. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu kampirning ustidan qayoqqa dod deb boraman, biron joyda ishlasa boshqa gap edi. Mushtum
BOSHQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar