boshqar
bilan ulashing
1. Korxona, muassasa, tashkilot va shu kabilar ishini idora qilmoq, yoʻlga solib turmoq.
-
Zavodni boshqarmoq.
-
Yirik-yirik qurilishlarni boshqardim. E. Samandarov, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
2. Yurgizmoq, tebratmoq, olib bormoq (xoʻjalik, roʻzgʻor; davra va shu kabilarni).
-
uyimni boshqaradigan birdan-bir farzandim — shu qizim. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Oila boshligʻi — Zunnunxoʻja, roʻzgʻorni kampir boshqaradi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bu gal ham oʻtirishni Sayhoniy boshqarardi. Yoshlik
3. Tegishli moslama va usullardan foydalanib harakatga keltirmoq, ishga solmoq, yurgizmoq, haydamoq.
-
Kemani boshqarmoq. Mashinani boshqarmoq.
-
Paygʻamov mashinani oʻychan boshqarib borar vijirlab turgan toʻrgʻaylar nagʻmasini eshitmasdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
4. tilshunoslik Sintaktik aloqa qonuniyatlariga muvofiq maʼlum kelishik shaklini talab qilmoq.
-
Oʻtimli feʼllar tushum kelishigini boshqaradi.
5. folk. Koʻrsatmoq, boshlab bormoq, yetakchilik qilmoq.
-
Yoʻl boshqarib, yashov koʻrib boradi, Ergashtirib koʻchgan Qoʻngʻirot elatini. Yodgor
-
Hayallamay yoʻl boshqargin shu zamon, Joʻnab ketsin bundan bolang Rustamjon. Murodxon
6. Toʻgʻrilamoq, yoʻnaltirmoq.
-
Gʻoʻza egatiga suvni boshqarib qoʻyardi-yu, oʻzi paykalning etagiga tushib ketardi. Yoshlik
-
Mustafo tagʻin yumshadi: — Bor, suvingni boshqarib kel. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari
boshqar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Orkestrni boshqarmoq
BOSHQAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШҚАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshqar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar