boshqaruvchi
bilan ulashing
1. Boshqarib, yoʻnaltirib turuvchi.
-
Boshqaruvchi aʼzolarga bosh miya, yurak, ikki moyak va jigar kiradi. Abu Bakr Roziy
2. Boshqarma va umuman korxona, muassasa, tashkilot va shu kabilar boshligʻi, rahbari.
-
Oxunboboyev stol ustidagi qora telefonlardan birining trubkasini koʻtardi: — Meni davlat bankining boshqaruvchisi bilan ulang. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Boshqaruvchining imosi bilan Niyoz togʻa tashqariga otildi. N. Aminov, Tillo tabassumlar
boshqaruvchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ish boshqaruvchi
-
[Toʻqsonov] Gʻisht zavodiga ish boshqaruvchi boʻlib oʻtdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Poltavskiy boyning ish boshqaruvchisi, suyangan togʻi, ishonchli odami, maslahatgoʻyi edi. Yoshlik
BOSHQARUVCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШҚАРУВЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshqaruvchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar