boshqacha
bilan ulashing
Boshqalardan biror jihatdan yoki butunlay farq qiladigan; oʻzgacha, boshqa, boʻlakcha.
-
Oling, bu boshqacha uzum
-
Agar gap shunday ekan, siz bilan boshqacha gapirishamiz. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Bir onadan alvon xil bola tugʻiladi deganlaridek, Anvarning yaratilishi ogʻalariga nisbatan boshqacha edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Safarboyning koʻrinishi otasiga oʻxshasa ham, qiliqlari tamom boshqacha edi. N. Aminov, Qahqaha
-
Sen bilmaysan-da, Asrora, Dildor choʻlga kelib, boshqacha boʻlib qolgan. S. Ahmad, Ufq
-
Buning boshqacharoq bir epini topib boʻlmasmikan? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
boshqacha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshqacha (qilib) aytganda
-
[Otabek] Hatto baʼzi kunlar hujrasidan tashqariga chiqmas, kishilar bilan soʻzlashmas, boshqacha aytganda, kundan-kunga goʻshanishinlikka yaqinlashib borar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BOSHQACHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШҚАЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshqacha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing