boshvoq
bilan ulashing
Chorva mollarining boshiga bogʻlanadigan arqon; noʻxta.
-
Sigir oʻgʻirlagan qutuldi, Boshvoq ushlagan tutildi. Maqol
-
Oynisa endi sigirning boshvogʻiga qoʻl choʻzganini biladi, naq boshi ustida allanarsa qattiq gumburlab ketdi. X. Sultonov, Onamning yurti
boshvoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshvoq solmoq
-
Ha, ogoh boʻlinglar. odamlar, ogoh, Urushga yoʻl qoʻymang, solingiz boshvoq.ʼ Gazetadan
Boshvogʻini yoʻqotib qoʻymoq
-
Baʼzi nodon qizlar boshvoqlarini yoʻqotib qoʻyadilar. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
Boshvogʻi mahkam boʻlmoq
-
Bosadigan qadamingiz, ogʻizdan chiqadigan soʻzingiz boshvogʻi mahkam boʻlsin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Boshvogʻi yoʻq itday
-
Hamma ayb ota-onangda, boshvogʻi yoʻq itday qoʻyib yuborishadi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
BOSHVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshvoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar