miya
bilan ulashing
1. Odam va baʼzi hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi; odamda — tafakkur aʼzosi.
-
Bosh miya. Orqa miya. Miya qobigʻi. Miya kasalliklari.
-
Aytishlariga qaraganda, miyam chayqalgan emish. Gul-dasta
-
Uning [ Japaqning]
-
miyasida goʻyo hech qanday oʻy, fikr yoʻq edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Odam va umurtqali hayvonlar suyagi boʻshliqlarini toʻldirib turuvchi toʻqima (koʻmik).
3. Koʻchma Aql, ong.
-
Miyasi bor kishi. Miyasi butun odam,
-
[Zunnunxoʻja:] Miyang bormi oʻzi, Sidiqjon kolxozga kirgani bilan yer kolxozga oʻtib ketmaydi, oʻrtada boʻladi! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. so‘zlashuv tili Boshning qoq tepasi; bosh, kalla.
-
Miyasiga mushtlamoq.
-
Toʻravoy dushmanning birining koʻksiga nayza sanchib, ikkinchisining miyasiga qoʻndoq bilan urdi. N. Safarov, Olovli izlar
miya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Miyasi shishmoq
-
Mana shuningdek masalalar bilan Oʻzbek oyimning miyasi shishgan edi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Xalqning miyasi shishdi, koʻzi tindi. A. Qodiriy, Kichik asarlar
Miyasi gʻovlamoq ayn. miyasi shishmoq
-
Shermat akaning gʻazabi qaynab ketdi. Miyasi gʻovlab, yuziga sovuq ter quyildi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Miyasida yongʻoq (yoki danak) chaqmoq
-
erim miyamda danak chaqsa ham, uyda oʻtirganim bir davlat edi. A. Qahhor,Maston.
-
Miyasini yemoq
-
Miyasini yegan chol! oʻgʻlingning kimligini bilganingda, valdiramas eding! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qarib, miyangizni yeb qopsiz, koʻzdan ham qopsiz! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Miyasini qotirmoq ayn. boshini qotirmoq q. bosh
-
bu hol yana uning miyasini qotirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Miyasini qoqib, qoʻliga bermoq
-
Toshkentdan yap-yangi mashina olib kelishi haqida maqtanaverib, miyamizni qoqib, qoʻlimizga berdi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
Aytib ulgurguncha, aya miyasini qoqib, qoʻliga berardi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri.
MIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
miya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar