boshvoqsiz
bilan ulashing
1. Boʻynida bogʻichi, arqoni, yugani yoʻq.
-
Goʻzal bogʻlarda, ekinzorlarda endi boshvoqsiz qoramollarning diringlab chopganini koʻrdi. Oybek, Nur qidirib
2. koʻchma. Oʻz erkiga qoʻyib yuborilgan, nazoratsiz.
-
Ersiz xotin — boshvoqsiz ot. Maqol
-
Boshvoqsiz qolgan nortuya nima-yu, el nazaridan qolgan odam nima? S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Oʻgʻlimning feʼli oʻzimga ayon-da: boshvoqsiz qolsa, boshi oqqan tomonga ogʻib ketaveradi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. koʻchma Erkin, ozod.
-
Boshvoqsiz davronni surmoqdaman xoʻp, Maza qilib qandimni urmoqdaman xoʻp. R. Bekniyoz, Toʻtiyo
BOSHVOQSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШВОҚСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshvoqsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar