qat-qat
bilan ulashing
1. Bir necha qavat yoki qatlamdan iborat boʻlgan; qavat-qavat, qatlam-qatlam.
-
Qat-qat koʻrpalar.
-
Qat-qat bulutni behol yorib chiqqan quyosh oʻz aksini suvga tushirgan edi. Y. Shamsharov, Oydin koʻllar
-
Tokchalar qadimcha — ganchdan ishlangan qat-qat katakchalardan iborat. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qavatlari buklanib ochiladigan yoki shunday yoʻsinda taxlangan.
-
Oyogʻida shporli yaxshi xrom etik, uning qoʻnjini manglay ajiniday qat-qat qilib, biri ustiga birini qalashtirgan. Shuhrat, Shinelli yillar
3. koʻchma Qatorlashib taxlanib yotgan; juda koʻp, cheksiz.
-
Sen oʻqiysan, men ishda, Dilda umidlar qat-qat. Zulfiya
-
Doʻstim bilan quvnab, kulishib, Biz qaytamiz, sevinchlar qat-qat. X. Saloh
4. koʻchma Kam qoʻll. Takror-takror, qayta-qayta.
-
Meni butun dunyo tinglasin, Chevar qiz, deb maqtasin qat-qat. Uygʻun
-
Umr tilab mard oʻgʻli uchun, Ona qat-qat qarar yulduzga. H. Gʻulom
QAT-QAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТ-ҚАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qat-qat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar