qatiq
bilan ulashing
Sutdan tomizgʻi solib ivitib tayyorlangan parhez mahsulot.
-
Yangi ivitilgan qatiq. Qatiq toʻkilsa, yuqi qolar, ayron toʻkilsa, nesi qolar. Maqol
-
Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni ham puflab ichadi. Maqol
-
Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgizolmadi. A. Qahhor, Anor
qatiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Miyaning qatigʻi
-
Sher yana Sherzodning ustiga tashlanishga oʻzini chogʻlab koʻrdi, lekin miyasining qatigʻi chiqib holsizlangani uchun majoli kelmadi. Ertaklar
Moshxoʻrdaga qatiq boʻlmoq
-
Moshxoʻrdaga qatiq boʻlib, Ochilni arang suyab qoldim-u, sovxozning bir boʻlimiga agronom qilib qoʻydim A. Muhiddin, Chap choʻntak
Oftobda (yoki oftobshuvoqda) qatiq ichishgan (yoki yalashgan)
-
Siz qayerda boʻlsangiz, biz ham oʻsha yerda boʻlamiz. Oftobda sherikchilikka qatiq ichgan odamlar oxirigacha birga boʻlishi kerak. B. Rahmonov, Xoʻjayin koʻchdi
-
Direktor Salimov bilan oftobshuvoqda qatiq yalashganmiz. Nahotki, igna oʻz teshigini tiksa. Mushtum
QATIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar