burro
bilan ulashing
1. Keskir, oʻtkir.
-
Doʻppisini olib kel desangiz, axir biz jallod qilichi burro kimning ajali yetsa boshini kesib keltiramiz-da! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Qilichim oʻtkir, tigʻim burro, hukmingizni bajo keltiraman Luqmoni Hakim
2. koʻchma Aniq-ravshan, biyron, oʻtkir.
-
Burro gap. Tili burro odam. Oʻrinsiz haqorat soqovni burro qilar. Maqol
-
Har qanday sher yurak, har qanday burro til ham muhabbat soʻzlarini izhor etishga ojizlik qiladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Toki ul farmon qoʻlga kirmas ekan, Islomxoʻjaning tili burro, martabasi ziyoda. S. Siyoyev, Yorugʻlik
BURRO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРРО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burro so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing