ho‘l
bilan ulashing
1. Suvga ivigan, suvlangan.
-
Hoʻl kiyim. Qoʻlim hoʻl. Yomgʻirda kostyumam hoʻl boʻldi.
-
Ahmad brigadir qoʻllarini qoziqdagi hoʻl sochiqqa tortinmay artdi. S. Nurov, Narvon
-
bir qancha gul yaproqlari Charosning hoʻl sochlariga, yuziga yopishib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Oʻzida boʻlgan suvi, nami, shirasi qochmagan.
-
Hoʻl meva. Hoʻl novda. Toʻqayga oʻt ketsa, hoʻl-u quruq baravar yonar. Maqol
-
[YoʻlchiI Yormat topib bergan bir eski koʻrpachani quruq yerga yoyib, boshini bir bogʻ hoʻl bedaga qoʻyib, uyquga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U bolalari oldida aybdordek, hoʻl oʻtin vishillab sasiyotgan oʻchoqqa qaradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
HO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ho‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar