ho‘lla
bilan ulashing
Hoʻl qilmoq, suv tegizmoq, nam bermoq.
-
Roʻmolchani hoʻllamoq. Latta hoʻllab, pol yuvmoq. Sochini hoʻllamoq. Barmogʻini hoʻllamoq.
-
Qizini bagʻriga bosib, peshonasidan oʻpganda, koʻz yoshlari Jumagulning yuz-koʻzini hoʻlladi. J. Sharipov, Xorazm
-
Oʻgʻli boʻlsa choyga non hoʻllab yemoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Chol lablari bilan bir parcha eski charmni hoʻllab turib dedi Oybek, Tanlangan asarlar
ho‘lla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tomoqni hoʻllamoq
-
Yuringlar, tomoqni hoʻllab olamiz, ham chaylasini koʻramiz. S. Nurov, Narvon
-
Yoshlikning oxiri, qarilikning boshi, deganday ozroq tomoqni hoʻllab olsak boʻlardi. Mushtum
HO‘LLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲЎЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ho‘lla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar