sintez
bilan ulashing
1. Predmet va hodisalarni bir butun holda, ularni tashkil etuvchi qismlarning birligi va oʻzaro bogʻlanishida oʻrganadigan ilmiy-tadqiqot usuli; zid. analiz.
-
Sintez usuli bilan faqatgina tabiiy fanlarning emas, balki texnik va ijtimoiy fanlarning integratsiyalashuvi natijasida kibernetika, bionika, semiotika, tizimlar nazariyasi yaratildi. Falsafa
2. kim. Bir xil kimyoviy birikmalardan boshqa birikmalarni yoki sodda elementlardan murakkab birikmalarni hosil qilish; shunday birikmalarning hosil boʻlishi.
-
Sanoatning yirik tarmoqlari, jumladan, boʻyagichlar, plastmassalar, sintetik kauchuklar va boshqalarni ishlab chiqarish organik sintez asosida rivojlandi. OʻzME
-
Hujayra hayotida oqsil sintezi asosiy jarayon hisoblanadi. Fan va turmush
3. Koʻchma Biror faoliyatning umumlashgan birligi, umumlashmasi; hosil boʻlgan yaxlitlik.
-
Zaynab va Omon poemasi Hamid Olimjonning urushdan burungi ijodiy faoliyatining sintezidir. Oʻzbek adabiyoti
4. Bir necha xil sanʼat turi qoʻshilmasi, birikmasi (insonga har tomonlama estetik taʼsir koʻrsatadi).
-
Sanʼatimizda zamonaviy meʼmorchilik bilan monumental sanʼat sintezi tobora tabiiy tus olmoqda. Gazetadan
SINTEZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНТЕЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sintez so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing