izhor
bilan ulashing
Zuhr etish, ayonlik holati; bildirish; ifoda.
-
Minnatdorlik izhori.
-
— Rixsivoy akaning ichi qoraligini sezardim-u, bunchalik oshkor izhorini koʻrmagandim, — dedi Abdugʻofur ota. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Tilim lol, soʻzlarim ojizdir, biroq Nurdan pardoz olgan chehramda izhor. G. Joʻrayeva, Iqbol
izhor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Izhor etmoq (yoki qilmoq, aylamoq)
-
Maqsadini izhor etmoq.
-
Men har nima boʻlsa ham, oʻqishga borishimni izhor qildim. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Sevishganlar oʻz koʻngillarini til bilan izhor etmaydilar. Shuhrat, Shinelli yillar
-
U shu jilmayishida ishqini menga izhor ayladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
IZHOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЗҲОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
izhor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar