kindik
bilan ulashing
1. anat. Qorindagi bolani yoʻldosh (platsenta) orqali ona tanasi bilan birlashtiruvchi, bolani oziq moddalari bilan taʼminlash uchun xizmat qiluvchi ichak-nay.
-
Uchqunning kindigini kesganda, Tozagul koʻzlarini yumib, qalt-qalt titrab turdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Bola tugʻilgach, shu ichak-nayni kesib tashlash natijasida qorin oʻrtasida hosil boʻlgan kichik chuqurcha; qorinning oʻrta qismi.
-
U [Soli sovuq] shoshib-pishib Azimboyvachchani koʻkragidan itargan edi, Azim uning kindigiga oʻxshatib tepdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Markaz, oʻrta.
-
— Dashtning kindigi mana shu yer, — dedi Oʻktam. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Mana, uch yildirki, Markaziy Fargʻona kindigida goʻzallik yaratyapmiz. Gazetadan
kindik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kindik qoni toʻkilgan yer (yoki joy, tuproq)
-
Safargaldiga bu qumlar chaqaloq vaqtidan oshna. Qoraqumda uning kindik qoni toʻkilgan. J. Sharipov, Xorazm
-
Kishi qarigandan keyin kindik qoni toʻkilgan joyini qoʻmsab qolarkan. B. Rahmonov, Oltin odamlar
Dorboz yuradigan arqonning oʻrtaroq joyidan koʻtarib turuvchi ikki yogʻoch uchlarining bir-biri bilan, shuningdek, arqon bilan tutashgan, kesishgan joyi.
-
Uni [dorbozni] kindikdan kindikka, chigʻiriqdan chigʻiriqqa yoʻrgʻalatib, salomat olib chiquvchi narsa uning qoʻlidagi langari! Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
KINDIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИНДИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kindik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar