ergash
bilan ulashing
1. Orqasidan bormoq, izma-iz yurmoq, ketidan bormoq.
-
Hammalari Boyisjonning orqasidan ergashib, koʻchaga chiqishdi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi
-
Madrimboy bilan Sobirboylar xuddi soya kabi unga ergashib borardi. J. Sharipov, Xorazm
2. Birga borish uchun xarxasha qilmoq, intilmoq (bolalar haqida).
-
Bola onasiga ergashib, yigʻlab qoldi.
-
Podachining tovushini eshitib, dalaga oshiqqan onasiga ergashib, qashqa buzoq ham maʼrab yubordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Biror ish, harakatda kimningdir ketidan (uning boshchiligida) birga harakat qilmoq.
-
Kimdir Hamzaning qoʻshiqlaridan birini boshlab yubordi. Qolganlar esa unga ergashishdi. K. Yashin, Hamza
4. Ish-faoliyatida kimningdir yoʻlini tutmoq, unga taqlid qilmoq.
-
Koʻp yurganga ergashma, koʻp bilganga ergash. Maqol
-
Oldin Kamoliddin maxdum, unga ergashib Asadqori xixilab kuldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Yangilik gʻolib chiqdi. Sh. Xolmirzayevga tobora koʻproq odamlar ergasha boshladi. Gazetadan
5. tilshunoslik Ergashish munosabatida boʻlmoq, tobe boʻlmoq.
-
Gapning boshqa boʻlaklariga boʻysunmay, ergashmay, oʻzaro moslashib kelgan boʻlaklar bosh boʻlaklar deyiladi. Oʻzbek tili darsligi
ergash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ergashgan qoʻshma gap
ERGASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРГАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ergash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar