eri
bilan ulashing
1. Issiq taʼsiri natijasida qattiqligini yoʻqotmoq, suyuq holga oʻtmoq; yumshamoq.
-
Erigan poʻlat. Erigan choʻyan. Erigan sariyogʻ.
-
Yerlar erib, hamma yoq shilt-shilt loy, qoʻrgʻon kunguralaridagi qirovlar bugʻga aylanib, koʻkka koʻtarilmoqda edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻchma Jismonan boʻshashgan, erigan holatga tushmoq.
-
Yoʻl tortib — charchab kelayotgan odam emasmi, soyada erib, koʻzi uyquga borib, uxlab qoldi. Yodgor
-
Tegirmonchi, goʻyo erib ketganday, boshini quyi soldi. Oybek, O. v. shabadalar.
-
Uning butun vujudi eriganday boʻldi; koʻkragining allaqayeridan shuv etib koʻtarilgan bir nima tomogʻida lip-lip etdi-yu, koʻziga yosh oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Issiqlik yoki boshqa taʼsir natijasida parchalanib yoʻq boʻlmoq, boshqa jismga aylanmoq.
-
Mavjlarga oq kapalaklardek qoʻnayotgan qor uchqunlari shu ondayoq jimjit eriydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Allaqayerda qargʻa qorlar erib ketganidan zorlanib qagʻillaydi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Tuz edikki, erib ketamizmi? — Erib-ku ketmaymiz A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hah shumtakalar, ogʻizlaringda erib ketadigan suzma qurutni bersam, olmaysizlar, shu tosh qurutni talashasizlar. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Parchalanib yoʻqqa aylanmoq; yoʻq boʻlmoq.
-
Suluv esini yigʻib qarasa, Erimbet joyida erib ketganday gʻoyib boʻlibdi, hech qayerda yoʻq. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Agar yigit-qizni haqiqiy sevgi bir-biriga bogʻlasa, uni hech qanday kuch uzolmaydi, oilada yuz beradigan baʼzi bir kelishmovchiliklar, xafaliklar ham sevgi-muhabbat haroratida erib ketaveradi. A. Eshonqulov, Oila baxti haqida
5. koʻchma Ruhan iliqlik, yoqimlilik hissi uygʻonmoq, xush yoqmoq; shunday holatga tushmoq.
-
Yaxshi gaplarni tinglab, erib oʻtirgan Nuqra avval yalt etib Jalil Karimovichga qaradi. Mirmuhsin, Nuqra
-
Bola kam-pirning soʻzlarini tushunmasa ham, uning issiq onalik mehridan eridi-da, quvonchidan sakrab oʻrnidan turib, kampirni quchoqlab oldi. I. Rahim, Chin muhabbat
6. Moyillik, mehr, himmat hissi uygʻonmoq; mehri tovlanmoq.
-
Hozir boʻling, oʻr-toq yefreytor, goʻzal qizlar ham anoyi emas, salgina gapga erib ketavermaydi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
7. koʻchma s.t. Xarid qilingan narsa, yangilik, muvaffaqiyat va shu kabilar uchun ziyofat qilib bermoq; siylamoq, yuvmoq.
-
Nimaga bu yerda turibmiz? Oshxonaga olib kirib, bir eriyin endi sanga, jonginam! J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
— Yarimta emas, oʻnta yarimtaga eriyman! — kapitan shunday dedi-da qoʻlidan xatni yulib oldi. O. Yoqubov, Izlayman
-
bugun sal erisangiz boʻlardi, oxirgi oyda oʻqigan leksiyalaringizga 4,5 ming soʻm yozib qoʻydim. Mushtum
ERI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar