ko‘chir
bilan ulashing
1. Koʻchmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Qishloqni shu yerga, yangi ariqning ikki yuziga koʻchirmoqchimiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yarangdan eski dokani koʻchirar ekanman, butun badanim zirqirab ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Matnni boshqa qogʻozga qayta yozmoq yoki qayta chizmoq, undan nusxa, koʻchirma olmoq.
-
Elmurod har jumlani necha qayta oʻylab, har yozganini kun sayin yana boshdan koʻchirib, respublika gazetasiga maqola tayyorladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gaplarda shoirlar oʻz yangi sheʼrlaridan oʻqir, savodli kishilar esa ularni qoʻlda koʻchirib, tarqatardilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. Oʻtkazmoq, oʻzgartirmoq.
-
Tegirmonni ham elektr bilan ishlashga koʻchirish lozim R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Injener-mutaxassislar, yarimavtomat usuliga koʻchirish mumkin, degan qarorga kelishdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
KO‘CHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЧИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘chir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- kontekst oynasi
- katta til modeli (LLM)
- generativ sun’iy intellekt
- media
- layk
- bir tomonlamalik (Bias)