ko‘chat
bilan ulashing
1. Urugʻ yoki qalamchadan oʻsib chiqqan yoki oʻstirilgan va boshqa joyga olib oʻtqaziladigan nihol.
-
Olma koʻchati. Tut koʻchati. Rayhon koʻchati. Pomidor koʻchati. Atirgul koʻchati. Koʻchat oʻtqazmoq.
-
Mana shu anjirning koʻchatini [raisimiz] Oqqoʻrgʻondan oldirib keldi. A. Qahhor, Kartina
-
Bu oyning yana bir goʻzal fazilatlaridan biri shuki, bu davrda kuzgi koʻchat oʻtqazish qizgʻin pallaga kiradi. Gazetadan
-
[Anvar] Bolalarning daragi bilan har kimning uyida boʻlgan yangi gullardan koʻchat va urugʻ olib, yildan-yilga gulzorni boyitdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Umuman, yosh nihol.
-
Koʻm-koʻk gʻoʻza koʻchatlari, oftobda yoyilgan tamaki barglaridek, orqama-orqa tizilishib turardi. Gazetadan
KO‘CHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЧАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘chat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar