ko‘ch
bilan ulashing
1. Yashash joyidan ketmoq, boshqa yashash joyiga oʻtmoq.
-
Olovni kovlasang — oʻchar, qoʻshnini kovlasang — koʻchar. Maqol
-
U [Nuri] Yormat oilasining boqqa koʻchib ketganini eshitib, afsus qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu yerdan hech qachon koʻchmayman, sen ham koʻchmaysan. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Umuman, oʻrni, manzili va shu kabilardan boshqasiga oʻtmoq, jilmoq, ketmoq.
-
Bu yil qizim beshinchi sinfga koʻchadi.
-
Ana, qoqdi qanotin bulbul, Kelib qoʻndi chiroyli gulga. Shoxdan-shoxga koʻchadi nuqul, Kuyi rohat berar koʻngilga. I. Muslim.
-
Kuz kirib, ularning uchrashuvlari ishxonaga koʻchgan dastlabki kunlar Yoshlik
3. koʻchma Mavzuni, harakatni, yashash yoki ishlash tarzini oʻzgartirmoq, boshqasiga oʻtmoq.
-
Xadicha xolaning bas, qiynama degan mazmunda koʻz qisishini koʻrib, boshqa gapga koʻchdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Yopishgan, birikkan joyidan ajramoq.
-
Uning [masjidning] baland va siri koʻchib ketgan eski ustunlik ayvonida uch-toʻrt namozxon oʻtirishibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ovoz lampochkasining ostidagi qoʻrgʻoshinlar koʻchib ketibdi, yangidan yoʻpishtirdi. T. Ashurov, Oq ot
ko‘ch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yengil (yoki oson) koʻchmoq
-
Nima boʻlgan-da ham, koʻnglining bir chekkasini kirlatib yotgan bu ota-ona orzusi, bir tomondan qaralganda, juda yengil koʻchgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu ish ham xamirdan qil sugʻurgandek oson koʻchdi. M. Qazratqulov, Jurʼat
Ogʻir (yoki qiyin) koʻchmoq
-
Bu yil ish yana ancha ogʻir koʻchadiganga oʻxshaydi-a. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Ayniqsa, qish bilan olishish juda-juda qiyin koʻchibdi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
KO‘CH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘ch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar