pardali
bilan ulashing
1. Parda tutilgan, parda bilan toʻsilgan, ajratilgan.
-
[Hamdam forma] Hovlining orqasiga oʻtib, yovonga qarab ochiladigan oq pardali bir derazani tirnogʻining orqasi bilan bir-ikki chertdi. S. Ayniy, Qullar
-
Olimjon sartarosh usta Gʻanining doka pardali derazasini chertdi. N. Aminov, Qahqaha
2. Organik pardaga ega boʻlgan, parda bilan qoplangan.
-
Oʻrdakning pardali panjasi.
3. koʻchma Mustaqil pardalardan, qismlardan iborat boʻlgan.
-
Toʻrt pardali sahna asari. Kunlarning birida Xurshid oʻzining Eski odat qurboni nomli bir pardali pyesasini oʻqidi. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
4. koʻchma Ochiq-oydin ifodalanmay, shama, qochirim bilan aytilgan, yashiringan, niqoblangan, niqobli.
-
Pardali qilib gapirmoq.
-
Boshim shishgan. Sening bu pardali gaplaringdan hech narsa tushunolmayotirman. S. Ayniy, Doxunda
-
[Husayn Boyqaro] Baʼzi yaqinlaridan pardali shikoyat qildi. Oybek, Navoiy
musiqa Tovush notalarini belgilovchi boʻgʻimlarga ega boʻlgan, parda bogʻlangan (torli cholgʻu asboblari haqida).
-
Pardali cholgʻu asbobi.
PARDALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРДАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pardali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar