pardoz
bilan ulashing
1. Amaliy sanʼat va hunarmandchilikda narsalar sirtini boʻyash, silliqlash va boshqalar yoʻllar bilan ularni chiroyli, koʻrkam qilish va shunday ishlovning oʻzi.
-
Pardozi buzilmagan etik. Pardozi yaxshi buyum. Tayyor mahsulotlarga pardoz bermoq.
-
Xira saxtiyon mahsilar pardozdan soʻng yaltiraydi, ochiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Endilikda sex quvvati ortdi. Bir kunda 12 tonnaga yaqin mato boʻyalib, pardozdan chiqariladigan boʻldi. Gazetadan
2. Husnni ochish yoki sunʼiy goʻzallik hosil qilish uchun oʻsma, xina, upa-elik surtish, boʻyash, oʻziga oro, zeb berish va shu jarayon natijasi.
-
Kuniga pardozini necha marta yangilar, qanaqa kiyimi boʻlsa, hammasini bir kunda kiyib, bir kunda yechardi. S. Ahmad, Ufq
-
— Nega boʻlmasam majlisga borganingda, yarim soat oynaga qarab pardoz qilasan? S. Ahmad, Yulduz
-
Xotinning yoshi oʻttizdan oshgan boʻlsa-da, upa-eligi, pardozi bilan yoshroq koʻrinar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
PARDOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРДОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pardoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar