pardozla
bilan ulashing
1. Pardoz bermoq, silliqlab, boʻyab, chiroyli, jiloli qilmoq.
-
[Unsin] Ichkari uyda oʻtirib, mahsilarga shon qoqadi, shon tushiradi, pardozlaydi: qora gul, lok surkaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Pardozlash ishlari oxirlab qolgan mazkur binolarning loyihasi chet eldan olib kelingani yoʻq. Gazetadan
2. koʻchma Pardoz qilmoq, oʻziga zeb-oro bermoq.
-
Sochlarini yuvdirib, gul suvi bilan pardozlab koʻylak kiydirdi. Oybek, Navoiy.
-
Qiz-juvonlar oʻzlarini hafsala bilan, bir-biridan oʻtishga pardozladilar. T. Ashurov, Oq ot
3. koʻchma Ishlov berib mukammallashtirmoq, badiiy qiymatini oshirmoq, silliqlamoq.
-
Xalq ijodchilari kuylanib kelgan asarlarga oʻzgarish va yangiliklar kiritganlar, ularni pardozlaganlar. Vatan adabiyoti
PARDOZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРДОЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pardozla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar