javlon
bilan ulashing
1. yoki Javlon urmoq (qilmoq)
2. 1) hozirlik koʻrmoq; otlanmoq; aylanmoq, sayr qilmoq.
-
Malikayi ayyor, agar tursang soʻzing-da, Sening bilan yoʻlga javlon qilayin. Gulshanbogʻ
-
Mana bu ot-arava sizniki, sizga berdim, qani, oʻtirib bir javlon qilib keling. Oybek, Tanlangan asarlar;
3. 2) astoydil mehnat qilmoq; biror sohada oʻzini koʻrsatmoq.
-
Birov mehnat frontida javlon urib, ajoyib xotira qoldirsa, birov donishmand sifatida yodgor qoldiradi. N. Safarov, Olovli izlar;
4. 3) oʻynoqlamoq.
-
U kuzini yumdi deguncha, xayolida qorabayir javlon qilar, taqalarining toshlarga urilib taqillashi quloqlariga eshitilayotganday tuyulardi. H. Gʻulom, Maʼshal;
5. 4) koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
-
Gʻulomjonning koʻnglida yayragan quvonch bahori koʻzlarida javlon urdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
6. Javlon (erkaklar ismi).
javlon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Javlon koʻzlar
-
Bodom qovoqlari ostidagi javlon koʻzlari mamnun-mamnun kuladi, yuzlari kuladi, goʻzal gʻuncha lablari kuladi. Shuhrat, Shinelli yillar
JAVLON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАВЛОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
javlon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar