javob
bilan ulashing
1. Soʻroqqa, murojaatga qaytariladigan gap; xat; tovush; imo-ishora va shu kabilar
-
Mujmal javob. Qatʼiy javob. Qoniqarli javob. Achchiq savol berib, shirin javob kutma. Maqol
-
Hasanov fashistlarning soʻrogʻiga bir ogʻiz ham javob bermadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Tojiboy aka boʻlsa, aniq javob bermay, gapni aylantirar edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Tashqaridan shayxning ovozi keldi. Ichkaridan yana javob boʻlmadi. K. Yashin, Hamza
2. mat. fiz. Muayyan masala, misol yoki topshiriqning yechimi.
-
Ushbu masalaning javobi ikki yoʻl bilan topiladi.
3. Ruxsat, izn.
-
Mayli, ishingiz zarur boʻlsa, sizga javob, doʻstim, ertagacha xayr. K. Yashin, Hamza
-
Chokarning yelkasidan xurjunni olib, qoʻliga bir tanga qistirdi-da, unga javob berib yubordi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
javob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Javob bermoq
-
Xoʻp, bunga oʻzim javob beraman, ammo haligi gap-gap, mashoq toʻxtamasin. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Odam baʼzan bir marta notoʻgʻri bosib qoʻygan qadami uchun umrbod javob beradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Shifoxona boʻlimlari hozirgi zamon tibbiyot talablariga javob beruvchi oltita korpusga joylashgan va zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Gazetadan
Javobini bermoq
-
Yarash polvon toʻgʻri kolxoz idorasiga yoʻl soldi. U Zumradni topmoqchi, u yerda, el-yurt oldida sharmandasini chiqarib, javobini bermoqchi edi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
[Teshaboy] Farzandsizlik tufayli eri javobini berib yuborgan bir bevaga uylandi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
JAVOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАВОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
javob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar