og‘irlik
bilan ulashing
1. Vaznning ortiqligi; qiyinlik, mushkullik.
-
Ishning ogʻirligi. Masalaning ogʻirligi. Ahvolning ogʻirligi.
-
Kerakli toshning ogʻirligi yoʻq. Maqol
-
Karvon joʻnadi. Yukning ogʻirligidanmi, yoki gupchaklari yogʻsiragandanmi, aravalar gʻirchillab, oʻz muzikasi oʻzi bilan jadal bormoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Toshkentdan uylanganimdan soʻng, yolgʻiz boshimga ham Toshkentdan, ham Margʻilondan ikki xotin ushlab turish ogʻirlik qila boshladi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
2. fizika Jismlarning yerga tortilish kuchi.
3. koʻchma Tashvish, malollik.
-
Sizlarga ogʻirligim tushayotgani yoʻgʻ-u Uyda nima bor menga? A. Koʻchimov, Halqa
-
Har kuni ertalab ishga ketayotganingda, bolani bogʻchaga eltib qoʻyasan, qaytganingda — olib ketasan. Shundoq qilsang, oʻzingdan boshqa hech kimga ogʻirligi tushmaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Mushkul, qiyin, noqulay ahvol; qiyinchilik; azob-uqubat.
-
Sokinaning bir oʻziga ikki bola bilan yurish ogʻirlik qiladi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Momo u kunlarning ogʻirligi, tashvishi haqida koʻpam soʻylayvermaydi. Saodat
-
Ular bir-birlariga qarashib, iljayishdilar. Nigor oyim ham ogʻirlikdan chiqdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
5. koʻchma Oʻzini tuta bilish, sipolik; bosiqlik, vazminlik.
-
Kimning nomusi, kimning aqli, kimning sabri, ogʻirligi uni sharmandalikdan qutqarib qoldi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Botirali ogʻirlik bilan onasiga qaradi. Yoshlik
-
U, qoʻllaridagi narsalarni stol ustiga qoʻygach, ogʻirlik va bosiqlik bilan Tursun xola yoniga bordi. Gazetadan
og‘irlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kallang ogʻirlik qilyaptimi
Birovga] ogʻirligini ortmoq
-
Munavvar, Yoʻldoshga ogʻirligini ortmaslik uchun, oʻziga ish ham topdi: tugʻruqxonaga doya boʻlib kirdi, S. Anorboyev, Mehr
Oʻzini ogʻirlikka solmoq yoki ogʻirlik qilmoq
-
U oʻzini ogʻirlikka solib, xotinining bosh-koʻzini siladi, erkalatdi. Oydin,
-
Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit. Yuragi orqasiga tortib ketgan Joʻmard oʻzini ogʻirlikka soldi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
OG‘IRLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒИРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘irlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar