ko‘cha
bilan ulashing
1. Aholi yashaydigan joylarda yoʻlovchilar oʻtib turadigan, transport qatnaydigan yoʻl.
-
Navoiy koʻchasi. Sobir Rahimov koʻchasi.
-
Chinnigul koʻchaning bir tomonidan, ensizgina asfalt trotuardan shoshmasdan borar edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Toʻxta xola koʻchada uzoqdan birin-ketin kelayotgan ikki kishining qorasini koʻrdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Yor yurgan koʻchalarni supuray sochim bilan. Qoʻshiqlar
2. Umuman, yoʻl.
-
Hali majlis, hali hammom qurilishi, hali koʻchaga shagʻal yotqizish deydi. Guldasta
-
Qir koʻchadan tushguncha surnay ovozi chiqmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Yashash, turish joyidan tashqari boʻlgan joy, ochiq maydon (uy, hovliga nisbatan).
-
Uyida rohati yoʻqning koʻchada farogʻati yoʻq. Maqol
-
Oshing halol boʻlsa, koʻchada ich. Maqol
-
Qishning oxirgi kunlari koʻchada qora sovuq bilan izgʻirin yurar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ibn Yamin bir kuni koʻchadan horib-tolib, tajang boʻlib keldi-da xotini bilan aytishib qoldi. K. Yashin, Hamza
ko‘cha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻcha bolasi
-
Oʻtir bu yoqqa! Xoʻsh, sen nima uchun koʻcha bolalariga oʻxshab axloqsizlik qilasan! A. Qahhor, Ayb kimda?
Koʻcha eshik
-
Koʻcha eshikdan kirishi bilan akasi tagʻin jahlini chiqara boshladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Koʻchada qolgan
-
[Muattar:] Bugundan qolmay koʻchingni koʻtar! Olti oydan beri kasal boqamiz. Koʻchada qolgan nonimiz yoʻq. N. Safarov, Sharqtongi
Koʻchasiga kirmoq
-
Ablah Tillaboyga endi ishonch qolmabdi. Chamamda, feʼli aynab, xiyonat koʻchasiga kirganga oʻxshaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Koʻchasidan oʻtmoq
-
[Muhabbat:] Turgʻunjon aka, qoʻying, men bir umrimda savdo koʻchasidan oʻtgan boʻlmasam, meni majbur qilmang. N. Safarov, Hayot maktabi
Oyogʻim (yoki kavushim) koʻchada qolgani yoʻq
-
Davraning toʻrida edim, oyogʻim koʻchada qoptimi, deb uncha-muncha toʻyga bormasdim. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Oʻzbek oyim uncha-muncha toʻy-u azalarga Kavushim koʻchada qolgan emas, deb bormas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xohlamasang (yoki istamasang) — katta koʻcha
sheva Koʻcha oshi ayn. goʻja.
KO‘CHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘cha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar