sovur
bilan ulashing
1. q. x. Shamolda shopirib tozalamoq, shopirmoq.
-
Oʻt ishi — qovurmoq, Yel ishi — sovurmoq. Maqol
-
[Bobodehqon] Kun qizib turgan paytlarda, boshidan oftob oʻtishiga qaramay, yanchiq yanchibdi. Kechki shamolda bugʻdoy sovuribdi. S. Anorboyev, Bobodehqon soʻzi
2. koʻchma Behudaga ketkizmoq, behuda sarf, xarajat qilmoq.
-
Pulni sovurmoq.
-
Men uchun ham, oʻzi uchun ham pulni ayamay sovurar va hech qachon mening moyanam bilan qiziqmasdi. Yoshlik
3. Mahv etmoq, yoʻq qilmoq, behudaga chiqarmoq.
-
Tilaklarimni sovurganing yetmay, tilaklarimni yiqqaning nimasi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shoirning yuragida haqiqat dushmanlariga qarshi, hammadan sevgani — hayot gulini sovurmoqchi boʻlgan yovuz kuchlarga qarshi gʻazab yonar edi. Oybek, Navoiy
sovur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kulini koʻkka sovurmoq
-
Chingiz farmoni bilan shaharga oʻt qoʻyilib, kuli koʻkka sovurildi. Mirmuhsin, Temur Malik
Koʻkka (yoki behudaga) sovurmoq
-
Shamol quturar, qorni oppoq toʻzonga aylantirib, koʻkka sovurar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
— Bizni davlat pulini koʻkka sovuruvchi tentaklar, xayolparastlar, deb atashayotganlar ham yoʻq emas, — dedi Doniyorov Mohidilga. J. Abdullaxonov, Toʻfon
SOVUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОВУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sovur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing