sovuq
bilan ulashing
1. ot Past harorat, past temperatura.
-
Sovuq oyoqdan urar, Issiq — boshdan. Maqol
-
Toshkentdan kelgan lektor Oyda hayot bormi? degan mavzuda leksiya oʻqib: — Oyda kechasi yuz gradus sovuq, kunduzi yuz gradus issiq boʻladi, — degandi. S. Ahmad, Ufq
-
Albatta, yoʻl yaxshi boʻlib, jadalroq yurishsa, sovuq uncha bilinmas, lekin iz tushmagan yoʻldan yurish mushkul. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. ot etn. Sovuqlik ovqatlarni koʻp isteʼmol qilish natijasida organizm faoliyatining susayishi.
-
Sovuqni oshiradigan ovqat.
3. Temperaturasi belgili chegaradan past yoki juda ham salqin, ayoz.
-
Sovuq havo. Sovuq kun.
-
Men esa darchadan toʻnib boqaman, Sovuq kuz tunidan maʼni chaqaman. A. Sher, Qadimgi kuy
4. sifatdosh Harorati, temperaturasi past.
-
Muzdek sovuq suv.
-
Ichkilik deganni sovuq suvdek simirgan bilan uncha kayf qila olmaysiz. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Sovuq shamol oqimi ham yuz terisiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Saodat
5. Isitilmagan, qizitilmagan.
-
Sovuq uy.
-
Teatr binosi sovuq, tomoshabinlar palto va qalpoqlarda oʻtirishardi. Gazetadan
-
Sovuq, rutubatli xonamga shu kech Olib qaytdim iztirobingni. A. Oripov, Yillar armoni
6. Sovigan yoki sovitilgan, yaxna.
-
Sovuq ovqat.
-
Qodir uygʻondi, u haddan tashqari
-
chanqagan edi, choynakda qolgan sovuq choyni shimirib, atrofiga qaradi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
7. sft. koʻchma Oʻziga jalb qilmaydigan; yoqimsiz.
-
Sovuq odam. Sovuq bashara. Oʻzi sovuqning qiligʻi ham sovuq. Maqol
-
Quloqdan kirgan sovuq soʻz Koʻngilga borib muz boʻlar. Maqol
-
Bir vaqtlar dehqonlarga, deb havas bilan qurdirgan bu uy-joy, gʻisht yotqizilgan keng supa., koʻziga sovuq, gʻarib, mungli koʻrindi. S. Nurov, Narvon
-
Qora qishda toʻy qilmay, Battar boʻlgur nokas gov, Bachchagʻarning aslida Feʼli sovuq ediyov. A. Oripov, Yillar armoni
-
Qoʻying, Numonjon aka, qiz bolani qoʻltiqlab yurishni ham bilmaysiz-a! Biram sovuq, besoʻnaqaysiz. M. Boboyev, Goʻzallik istab
8. Koʻngilga yoqmaydigan, xush kelmaydigan; qoʻpol, dagʻal.
-
Sovuq hazil. Sovuq javob. Sovuq muomala.
-
[Yigit] Davron tomon yaqinlasharkan, sovuqqina iljaygancha: — Odamni qoʻrqitib yubordingiz, oka, — dedi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Poʻlat u [Husniddin] bilan juda sovuq salomlashdi — ensasi qotib, qoʻlining uchini berdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
9. Yoqimsiz, koʻngilsiz, noxush.
-
Sovuq xabar.
-
Yodimga uning oʻsha qisqa, lekin mening eng aziz his-tuygʻularimni yanchib tash-lagan sovuq maktubi tushdi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat
-
Mashriqiy bu sovuq xabarni eshitgach, bagʻri oʻtda yonib, nima qilishini bilmay, Suriya bilan birga tushgan rasmidan Suriyani qirqib olib, yoqib yubordi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
sovuq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sovuq yemoq (yoki qotmoq)
-
Birovning ishiga saratonda qoʻl sovuq qotadi. Maqol
-
Kun issiq, pidjaksiz ketay deyman-u, kechasiga qolsam sovuq yemay, deb qoʻrqaman. Shuhrat, Shinelli yillar
Sovuq olmoq (yoki urmoq)
-
Endigina avj olayotgan nihollarni bir kechada sovuq urdi. Gazetadan
Quruq (yoki qora) sovuq
-
Toshkentda oʻtkir quruq sovuq! Soqollarda, moʻylovlarda, kipriklarda qirov. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir tundayoq qora sovuq gʻoʻzani urgan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Sovugʻi oshdi
-
Sovugʻing oshsa — davlat, Issigʻing oshsa — qiyomat. Maqol
-
— Sut-qatiqlaring sovugʻimni oshirib yuboryapti. Shaharda bozor yaqin edi, asal oldirib turardim, — dedi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Oʻzimiz ham yetimvachchalar orasida xoʻp chidam bilan oʻqidik-da, a? Qaysi birini koʻrmay, hali ham sovugʻim oshadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Turqi (yoki soʻxtasi) sovuq
-
E, meni endi koʻrayapsizmi, Muyassarxon, eski bilganingiz sassiq chol — soʻxtasi sovuq Nazar Yaxshiboyman-da. M. M. Doʻst, Lolazor
Sovuq urush
SOVUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОВУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sovuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar