kishi
bilan ulashing
1. Fikrlash, soʻzlash hamda ijtimoiy mehnat jarayonida qurol yasash va undan foydalanish qobiliyatiga ega boʻlgan jonli mavjudot, zot; odam, inson.
-
Til kishilarning oʻzaro aloqa qurolidir.
-
Kishining ruhiy holati va ish qobiliyati muayyan ritmga boʻysunishini odamlar allaqachon payqashgan. Gazetadan
-
Uning yuqori qismidagi tugmachani bossangiz, teshikdan maxsus uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlar chiqib, kishi miyasining uxlatuvchi markaziga taʼsir koʻrsatadi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Zaytun daraxtining turgan-bitgani kishi organizmi uchun foydali. Gazetadan
2. Insoniyatga mansub zot, shaxs, odam.
-
Obroʻli kishi. Xushomadgoʻy kishi. Oilamizda toʻrt kishi bor. Har qanday kishi. Olijanob kishi. Kishilar toʻdasi. Besh kishidan iborat komissiya,
-
Novcha kishi shofyor uzatgan papkani qoʻltigʻiga qistirdi-yu, katta-katta odim tashlab, tezda sheriklariga yetib oldi. A. Obidjon, Akant qaragʻay Gulmat
-
Ey, bu ota Sharif tarroning janozasida Otamurod qorining yonida qurʼonni sharillatib oʻqib oʻtirgan kishi-ku! S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Kishi yaxshi koʻrgan odamini, ming oʻrab tashlanmasin, bitta qiligʻidan biladi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Umuman, balogʻat yoshidan oʻtgan shaxs; katta yoshli odam.
-
Ayol kishi. Erkak kishi,
-
— Yoshing yigirma beshga qarab boryapti, — dedi onasi hamon oʻsha titragan tovushda, —
-
xotin kishi oʻttizga kirsa oʻtin boʻladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
U kamgap, birovga aralashmaydigan kishi edi. S. Ahmad, Yulduz
-
Kabinetdan grajdancha kiyimdagi novcha kishi, orqa eshikdan esa uchta militsioner tushib keldi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
4. Oʻzga,- begona shaxs, birov.
-
Kishi yurtida xon boʻlguncha, oʻz yurtingda gado boʻl.
-
Jiyan, aqling boʻlsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. Oybek, Tanlangan asarlar
5. s. t. esk. Shariatga binoan, balogʻatga yetgan xotin-qizlar yuzini, oʻzini koʻrsatmasligi kerak boʻlgan begona erkak.
-
Qoʻrgʻon eshigidan ayol ovozi eshitildi: — Nima kerak? — Munda kel! — chol qoʻli bilan imladi. — Kishi bor-ku — Qarindosh, Xushroʻyning oʻgʻli, — deb tushuntirdi chol. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Taʼkid ifodalaydi.
-
Afsuski, kundalik turmushimizda baʼzan buning aksini koʻrib, oʻksinasan kishi. Mushtum
-
Yomgʻirda yuvilgan trotuarlarda yursang, shunchalik yengil tortasanki, imtihonlarni ham stipendiya tashvishini ham unutib yuborasan kishi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
kishi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kishidan qochmoq
Kishi bilmas
-
Juda hayallab ketishdi-ku. Kishi bilmas borib kelmaysanmi, uka? [dedi Mansur]. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
-
Har bir harakatingni kishi bilmas aygʻoqchi kuzatadi. K. Yashin, Hamza
KISHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kishi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar