kishan
bilan ulashing
1. Otning ikki oldingi oyogʻiga (erkin yurishga imkon bermaslik uchun) solinadigan boʻgʻov, zanjir.
2. Oyoq, qoʻl, boʻyinga solib, qulflab, band qilib qoʻyiladigan, temir halqalardan ishlangan maxsus moslama.
-
Nabi Farhodning qoʻl-oyogʻiga bogʻlangan oddiy kishanni ochdi va boʻgʻovli kishanlardan birini olib, uning buti va boʻyniga urdi. S. Ayniy, Qullar
-
Soldat kalitni berdi. Boyagi erkak mahbuslarning qoʻllaridagi kishanlarni ochdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. koʻchma Umuman, erkin harakatga yoʻl qoʻymaydigan narsa, toʻsiq, gʻov.
-
Ammo Sohib qori bilan Bozorovlar unga kishan boʻlmasalar bas edi! I. Rahim, Chin muhabbat
-
U vaqtda ot, sigir tushunmaslik oyogʻimga kishan boʻlgan ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Zeb-u ziynat, oʻyin-kulgiga oʻrgangan xotin uchun bola oyoqning kishani boʻlib tuyulardi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
kishan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kishan(ga) solmoq (yoki urmoq)
-
Zulmga qarshi soʻzlagani uchun, dehqonlarga yer talab qilgani uchun uni kishanga solishdi. Oybek, Nur qidirib
-
Bir necha soldat kelib, mahbuslarni ushladi. Yasovul hammasining qoʻliga kishan urdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
KISHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИШАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kishan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar