kishilik
bilan ulashing
1. Insoniyat; insonga (odamga) oid.
-
Kishilik tarixi. Kishilik jamiyati.
-
Mehnat kishilikka azaldan yoʻldosh. Guldasta
-
Kishilar erkin yashashdangina, bilim olishdangina mahrum etilib qolmay, hatto shunday bir oddiy kishilik fazilatidan — sevmoq, sevilmoqdan ham mahrum etilgan ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Mehmondorchilik, turli yigʻin va shu kabilarga kiyiladigan kiyim; koʻcha kiyimi.
-
Uyligini topmagan kishilikni toʻzdirar. Maqol
-
Xadicha xola sandiqdan amirkon kavush-mahsisini, kishilik uchun deb olib qoʻygan surp koʻylagini doka roʻmolini oldi. T. Alimov, Sovgʻa
-
— Oyi, ertaga bozorga tushib, kishilikka bitta shim-u bir pinjak [pidjak] olsam deyman, — dedi Ahmadjon. A. Muxtor, Davr mening taqsirimda
3. Sanoq son yoki miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan qoʻllanganda:
4. 1) kishidan iborat, kishidan tashkil topgan.
-
Besh kishilik komissiya
-
Shayboniyxon shaharda besh yuz kishilik qoʻshin qoldirib, oʻzi asosiy lashkarlari bilan shahardan narida Xoʻja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. 2) kishiga, odamga moʻljallangan.
-
Uch kishilik xona. Oʻn kishilik palov. Korxonaning ming kishilik dangʻillama klubi qurib bitkazildi.
kishilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kishilik olmoshi
KISHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИШИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kishilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar