bo‘ydoq
bilan ulashing
1. Uylanmagan, xotin olmagan; soʻqqabosh.
-
Boʻydoq yigit. Boʻydoqning aqli ikki koʻzida. Maqol
-
Yomon otda yurguncha, yayov yurgan yaxshiroq, Yomon xotin olguncha, boʻydoq oʻtgan yaxshiroq. Maqol
-
Yigitning qoʻlida gulday hunari bor ekan, boʻydoq ekan, uy-joyi tayin ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu chiroyli jonon qiz, qurmagʻur, shahardagi hamma boʻydoqlarni mixlab, arqonlab, egarlab tashladi. S. Ahmad, Saylanma
2. koʻchma Daydi, bemahal esgan.
-
Nur toʻkilgan sayhonda boʻydoq shamol bilan oʻynar giyohlar. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
BO‘YDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘ydoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar