dard
bilan ulashing
1. Jismoniy azob; ogʻriq, kasallik.
-
Ogʻir dard. Dard koʻrmoq Dardga chalinmoq Dardni yashirsang, isitmasi oshkora qiladi. Maqol
-
Dard chekmagan dori qadrini bilmas. Maqol
-
Tanasi boshqa dard bilmas. Maqol
-
Kechga tomon dard kuchayib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xudoy taolo har bir dardga bir davo yaratgan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qoʻli gul ijrochiga, oʻz kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan ibora.
-
Bu nasiba sizga. Sara bugʻdoy. Qoʻlingiz dard koʻrmasin, ogʻa. S. Siyoyev, Avaz
3. koʻchma Ruhiy azob, gʻam-gʻussa, alam-hasrat.
-
Ayriliq dardi. Dardida yonmoq (quymoq). Dardini ichiga yutmoq •
-
[Fotima domlaga:] Mening hech joyim ogʻrimaydi, faqat ishq dardim bor, uf! Hamza, Tuhmatchilar jazosi
-
Nihoyat, dardim yuragimdan toʻlib-toshib, baʼzi gaplarni erimga ayta boshladim. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Yuragimning dardlari Qizil gulday qatma-qat, alla. Boychechak
-
Men kimga yigʻlayman, dardimni yorib. Shirin bilan Shakar
4. koʻchma Kishining borligʻini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol va shu kabilar
-
Uning dardi — oʻyin. Biror narsa dardida yurmoq
-
Shoirlik bu — ulkan dard. Shukrullo, Saylanma
-
Mirzajon koʻnglida shoirlik dardi bilan tugʻilgan bola. P. Tursun. Oʻqituvchi.
-
Siz nimani bilardingiz, dardingiz pul, — dedi Zumrad oyisiga. Oybek, Zumrad
-
Solih Poʻlatovich shogirdlarining dardini yaxshi tushunardi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Qadrdoningiz Yusufbek hojining oʻgʻli Otabek bir necha kunlardan beri benihoya bir dard bilan ogʻrir edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Fikr-u xayol; armon, ezgu maqsad.
-
Uning [Atevning] qalbi hamisha xalq quvonchi, xalq dardi, hash orzu-hislari bilan yonib, olovlanib turadi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
-
Elbekning ham oʻziga yarasha dardi, sevgisi, orzusi bor edi. N. Fozilov, Diydor
-
Darding maktab ochishginami desam, hali bu yoqda gap katta ekan-u! M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
6. koʻchma Ishq, muhabbat.
-
Layli dardida choʻl kezib yurgan Majnunning iztiroblariga yoz holati mutanosib edi. Gazetadan
-
Zevarxon Malikai Hubbonning dardida yurgan edi. Bahrom va Gulandom
dard soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dardini olmoq
-
Dardingizni olay, boyvachcham. Bu yil, oʻzingizga maʼlum, ob-havo past kelib, dehqonchilikdan baraka qochdi. K. Yashin, Hamza
Dardi bedavo
Dard ustiga chipqon (chiqqandek)
-
Bola besh yoshida qattiq kasalga uchrab, ikki koʻzi koʻr boʻlib qoldi.
-
Dard ustiga chipqon chiqqandek, koʻp vaqt oʻtmay, u ota-onasidan ham judo boʻldi. N. Yoqubov, Qalb koʻzi bilan
-
Sherbekning yuragi gʻash edi. Lekin tergov dard ustiga chipqon boʻlib chiqdi. S. Anorboyev, Oqsoy.
Dard qolmoq
-
Bir oz aqlga yon berib ish qilgan kishi hech bir vaqt dard qolmaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kuzda chuqur shudgor qilingan yer dehqonni dard qoldirmaydi. Gazetadan
Koyish soʻzi.
-
Ali desang, bali deydi, oʻl desang, dard deydi.
-
Bahr
-
ining rangi boʻzarib, qoʻlidan pichoq tushib ketdi. — Nima boʻldi, opajon?-Dard! A. Qahhor, Xotinlar
-
Endi haqimni hech kimga bermayman. Dard! desa, oʻl!deb tura beraman. P. Tursun, Oʻqituvchi
DARD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dard so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar