bo‘g‘
bilan ulashing
1. Qattiq qismoq.
-
Tomogʻidan boʻgʻmoq. Galstuk boʻgʻib yuboryapti.
-
Safarov yugurib borib, uni boʻgʻayotgan yoʻgʻon kishining yelkasiga bir tepdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Oyshabonu, erini birov boʻgʻib oʻldirayotgandek, dod sola boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Piyoz oʻtash — xotinlarning ishi Nima boʻpti! Ariqqa oʻtirib olasiz-u, pushtadagi piyozni boʻgʻib qoʻygan oʻtni yulib tashlayverasiz. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. Nafas olishni qiyinlashtirmoq, damini qaytarmoq.
-
Sovuq jonlaringni ola-dimi? Tutun boʻgʻadi-ku, eshikni ochinglar! Oybek, Tanlangan asarlar. Oʻtning harorati Ergashevning yuzini qizdirib, burqiv chiqayotgan tutun esa nafasini boʻgʻar edi. N. Safarov. Nafasni boʻgʻadigan, koʻzlarni koʻr qiladigan chang-toʻzon buluti havoni tutdi. Oybek, Navoiy
3. Qattiq siqib, chandib yoki burab bogʻlamoq.
-
Qopning ogʻzini boʻgʻmoq.
-
— Oʻljalarimiz ham koʻpayib qoldi, — dedi qopning ogʻzini boʻgʻib H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
4. Gʻov, boʻgʻov solib toʻsmoq.
-
Daryoni boʻgʻmoq. Koʻchani boʻgʻmoq.
-
Toʻgʻon taxtasini pastga bosib, suvni boʻgʻmoqchi boʻlganida, toʻgʻonga qulf solinganini koʻradi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Xalqimiz katta-katta kanallar qazib, daryolarni boʻgʻdi. Mushtum
5. Koʻchma Iskanjaga olib, tang ahvolga solmoq yoki halok qilmoq, mahv etmoq.
-
Mudhish oʻrgimchak uyasi, qullik davrining mashʼum soyalari, hurlikni boʻgʻuvchi qora yuraklar! N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Bunday paytlarda yashil koʻkat qanchalik koʻzni quvontirsa, shoʻrxok shunchalik taʼbni xira qilar, bamisoli biri hayotga talpinsa, ikkinchisi uni boʻgʻmoqchi boʻlardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
6. Koʻchma Toʻsqinlik qilib, oʻsishdan, rivojlanishdan toʻxtatmoq, barbod qilmoq.
-
Tashabbusni boʻgʻmoq.
-
U oʻz mayl-istagini boʻgʻmaydigan, koʻrkam ham uddaburon yigitga turmushga chiqishni oʻylaydi. Yoshlik
7. Koʻchma Ortiq darajada asabiylashtirmoq, xunob qilmoq, diqqatini oshirmoq.
-
Oʻzingni ham diqqat qilma, meni ham boʻgʻma.
-
Hijron panjalari uning [Zulfiqorning] tomogʻidan boʻgʻa boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Kishini boʻgʻasiz, Zaynab! Gapga temirchilik yaxshi emas! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
8. Rangini, tusini xiralashtirmoq; koʻrinishini buzmoq.
-
Paxsa devorlar tabiat manzarasini boʻgʻib turibdi.
-
U
-
oʻrta boʻyli bir juvon boʻlib, egnidagi toʻq-qizil koʻylagi, uning ustidan kiyib olgan qora jiletkasi, boshidagi yashil roʻmoli qorachadan kelgan yuzini boʻgʻibroq qoʻygan boʻlsa ham, oʻziga xoʻp yarashgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
9. Ogʻirlashtirmoq, buzmoq.
-
Kuni bilan quyosh taptini yegan paxsa devorlar oʻzidan issiqlik chiqarib, havoni boʻgʻib qoʻyadi. A. Muxtor, Opa-singillar
bo‘g‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ovozni (yoki gapni) boʻgʻmoq
-
Yoʻtal ovozimni boʻgʻib qoʻydi;
-
Nega birovning gapini boʻgʻasiz? Balki oʻsha qiz Mirzayevni yaxshi koʻrar? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qachongacha ovozimni boʻgʻadilar, tirikman — tinchimayman, tinchimayman. Oybek, Tanlangan asarlar
Ishtahani boʻgʻmoq
-
Hayot boyagiday qiltomoq boʻlib oʻtiraverdi, toʻgʻrisi, bu noyob baxt uning ishtahasini boʻgʻib qoʻygan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Ishtahasini boʻgʻib qoʻyish kerak unday odamlarning, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
BO‘G‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘g‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar