bo‘zchi
bilan ulashing
Boʻz toʻquvchi kosib.
-
Boʻzchi bilganin toʻqir, mulla bilganin oʻqir. Maqol
-
Boʻzchi belbogʻga yolchimas. Maqol.
-
Safar boʻzchi koʻzida yoshi bilan Anvarni tabrik qildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Gʻalayon koʻtarganlar oldida qilich yalangʻochlab Horun boʻzchi borardi. Mirmuhsin, Meʼmor
bo‘zchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻzchining mokisiday yugurmoq (yoki qatnamoq)
-
Onajon birinchi va ikkinchi qavatning noqulay zinalaridan boʻzchining mokisiday yugurdi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
-
Yigitni qaltiroq bosdi, koʻzlari boʻzchining mokisiday yugura boshladi. H. Shams, Dushman
Zubturumdoshlar oilasiga mansub katta yaproqli, mayda boshoqsimon gulli, koʻp yillik yovvoyi oʻt.
-
Boʻzchining bargidan tayyorlangan dorilar ichak va meʼda yaralarini davolashda ishlatiladi OʻzME
BO‘ZCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЗЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘zchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar