sig‘in
bilan ulashing
1. din. Xudoga, aziz-avliyolarga, ilohiy kuchga ega deb hisoblangan narsalarga sajda qilish; dinning asosiy elementi.
-
Hozir pir oʻzlarini emas, sizlarni oʻylaydilar, tong saharlarda joynamozga tiz choʻkib: Haq yoʻldan adashgan gumroh bandalaringga gʻazab qilma, deb xudoga sigʻinadilar. S. Ahmad, Hukm
-
Nazirqulning otasi Shohimardonga sigʻinib, qoʻchqor olib borib soʻydi. S. Ahmad, Hukm
-
Inson oʻzini taniguncha koʻp narsalarga sigʻingan. Gazetadan
2. koʻchma Biror kimsaga, narsaga ortiq berilmoq, uni haddan tashqari ulugʻlamoq.
-
Pulga sigʻinmoq. Qush butoqqa sigʻinar. Ma-qol
-
Jaholatda qolgan xalq aʼlam har borganida, sadagʻang ketay, eshonim, deb uning oyogʻiga tiz choʻkib sigʻinar, nazr-niyoz berar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Najot istab bormoq, bosh urmoq.
-
Muzga suyanma, yovga sigʻinma. Maqol
-
Aymoq xalqi bizni doʻstdek kutar deb, Yurtingizga biz sigʻinib kelganmiz. Yodgor
SIG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sig‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar